Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayolga kuch ishlatilayotgani aks etgan videoga izoh berildi

Ayolga kuch ishlatilayotgani aks etgan videoga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi tomonidan bir ayolga kuch ishlatilayotganligi aks etgan videotasvir tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 30 iyul kuni taxminan soat 11.00 larda 1986 yilda tug‘ilgan Xusan F. o‘zining turmush o‘rtog‘i 1991 yilda tug‘ilgan Maftuna O. bilan birga Uchtepa tumani Cho‘ponota ko‘chasida ketayotgan vaqtida o‘zaro gap talashib janjallashib qolishgan.

Natijada Xusan F. turmush o‘rtog‘i Maftuna O.ga nisbatan kuch ishlatib, sochidan tortgan. Mazkur holat yuzasidan Maftuna O. ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

Uchtepa tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbat jarayonida Maftuna O. turmush o‘rtog‘iga nisbatan hech qanday e’tirozlari yo‘qligini, 2 nafar farzandi borligini va o‘zaro yarashib olishganligini ma’lum qilib, himoya orderi olishdan bosh tortgan.

Xusan F. qilgan ishidan pushaymonligini, jahl ustida turmush o‘rtog‘iga kuch ishlatganligini va turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olganligini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring