Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi

Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi

Skrinshot.

Rossiyaning Oryol shahrida ayiq sirk namoyishi paytida hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi. «Oryol Meridian» nashrining yozishicha, bu hodisa 16oktyabr oqshomida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning hamkasbi qamchi bilan g‘azablangan hayvonni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, lekin unga zarbalar ta’sir qilmagan.

Yaralangan ayol kasalxonaga yotqizilgan. Uning homilador ekanligi aytilmoqda.

«Eng ajablanarlisi shundaki, sahna va tomoshabin o‘rtasida hech qanday to‘siq qo‘yilmagan. Agar ayiq tomoshabinlar oldiga yugurganida, hammasi bundan ham battarroq tugashi mumkin edi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring