Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aybdorlar qat’iy javobgarlikka tortiladi, kerak bo‘lsa, tergovchilar ham!» — Bosh vazir

«Aybdorlar qat’iy javobgarlikka tortiladi, kerak bo‘lsa, tergovchilar ham!» — Bosh vazir

Foto: «Xabar.uz»

Bugun «Human xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdorlarining firibgarligidan jabr ko‘rgan bir guruh fuqarolar bilan uchrashuvda (video) Bosh vazir aybdorlar qat’iy javobgarlikka tortishini alohida ta’kidladi.

«Bugun bu haqda Prezidentimiz Bosh prokuror va Oliy sudga raisiga alohida topshiriq berdi. Jinoyatga qo‘l urgan xususiy bandlik agentligi rahbaridan tortib, uning jinoiy sheriklari, hatto ularga choy tashib yurganlargacha qonun doirasida chora ko‘riladi. Agar tergov jarayonida qonunni buzgan bo‘lsa, tergovchilar bundan mustasno emas!» — dedi Abdulla Aripov.

Foto: «Xabar.uz»

Eslatib o‘tamiz, IIV Tergov departamenti vakiliga ko‘ra, «HUMAN» xususiy bandlik agentligi» MChJga oid jinoyat ishi hali to‘la-to‘kis nihoyasiga yetgani yo‘q. Agentlikning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari bilan iqtisodiy aloqalariga oid jinoyat ishi qismi alohida ish yurituviga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Sh.Fayzullayevning ehtimoliy jinoiy sheriklariga oid yana bir «delo» bo‘lib, unga oid tergov harakatlari Bosh prokuraturaning jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Alohida qayd etish kerak, «HUMAN»ga oid «ish»dan ajratib, alohida ish yurituvga olingan har ikkita «delo» xususida esa IIV tergov departamenti yoki Bosh prokuratura hozircha axborot bergani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring