Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida» gi qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi

«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida» gi qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi

2019-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng qayta ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Bu haqda «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur qonunning maqsadi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini ta’minlash uchun yangi tashkil etililayotgan davlat tashkilotlari va tizimlarning faoliyati uchun qonuniy asoslar yaratish, shuningdek, milliy qonunchilikka atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha samarali xavfsizlik mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan.

Qonun loyihasida atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda quyidagi asosiy prinsiplar ko‘zda tutilgan:

  • fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkini saqlash, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi;
  • xavfsizlikning ta’minlanishi;
  • axborotning ochiqligi;
  • yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning ta’qiqlanishi.

Qonun loyihasini tayyorlashda atom energetikasidan muvaffaqiyatli foydalanib kelayotgan xorijiy mamlakatlar, xususan, Avstriya, Belarus Respublikasi, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Ispaniya, Xitoy, Kanada, Janubiy Koreya, Litva, Rossiya Federatsiyasi, Ruminiya, AQSh, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Finlyandiya, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya kabi davlatlarning hamda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligining (MAGATE) qonunchilik bo‘yicha keng xalqaro tajribasi o‘rganildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 5-mart kuni ushbu Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilingan.

Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida mazkur Qonun loyihasini moddama - modda ko‘rib chiqish jarayonida ayrim me’yorlarni kuchaytirish, davlat boshqaruvi organlarining huquq va majburiyatlari, vakolatlarini yanada aniqlashtirish yuzasidan tavsiyalar berilgan edi. Loyihada to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir me’yorlarini belgilash maqsadida, maxsus Ishchi guruh tarkibi shakllantirilib, deputatlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida Qonun loyihasi qayta ishlab chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring