Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakadagi uyda gaz portladi

Asakadagi uyda gaz portladi

Foto: «Darakchi.uz»

Kecha, 4-fevral kuni soat 12:30 larda Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi M.A. uyining yuvinish xonasidagi elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada M.A. kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, shu kuni soat 09:30 larda Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Yangiobod mahallasida yashagan N.E. «Angor paxta» AJga qarashli paxta qabul qilish punktining yordamchi xo‘jalik binosida elektr pechini yoqib uxlab qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, oqibatda elektr pechiga ko‘rpa tegib tutagan. Natijada N.E. tutundan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring