Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh viltga chidamli g‘o‘za navlari ishlab chiqish uchun 223 ming dollar grant ajratdi

AQSh viltga chidamli g‘o‘za navlari ishlab chiqish uchun 223 ming dollar grant ajratdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi oqpalak (vilt) kasalligiga chidamli g‘o‘za navlarini ishlab chiqishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish loyihasi uchun 223 ming AQSh dollariga teng grant oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari viltga chidamli g‘o‘za navlarini ishlab chiqishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish loyihasi uchun 223 ming AQSh dollari grantini qo‘lga kiritdilar. Loyiha AQSh qishloq xo‘jaligi departamenti tomonidan moliyalashtiriladi va 3 yil davom etadi.

Markaz olimlari jamoasi g‘o‘za genomikasi va gen injenerligi sohasida ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib bormoqdalar. Tadqiqotlar natijasida yaratilgan innovatsion texnologiyalar qisqa vaqt ichida Misr paxtasiga o‘xshash sifatli tolaga ega bo‘lgan g‘o‘za navlarining serhosil, ertapishar va qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish imkonini berdi.

Vilt har yili dunyodagi ko‘plab g‘o‘za maydonlariga, shu jumladan O‘zbekistonda paxta ekinlariga ham juda jiddiy zarar etkazadi. Yangi loyiha doirasida mikrochip texnologiyalari tadqiqot markazida bo‘ladi,va g‘o‘zaning viltga chidamliligi uchun mas’ul bo‘lgan yangi genlar aniqlanadi. Bundan tashqari, loyiha davomida markazning bir necha yosh olimlari AQSh ilmiy markazlarida uzoq muddatli amaliyot o‘taydilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring