Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh muhokamasida: Rossiyaga oltin nega kerak bo‘lib qoldi?

AQSh muhokamasida: Rossiyaga oltin nega kerak bo‘lib qoldi?

Foto: «1zoom.ru»

«Fox Business» telekanali Rossiya va Xitoy zaxira valyuta sifatida dollarsiz hayotga qanday hozirlik ko‘rayotganini aytdi. Tafsilotlar bilan «NSN» materialida tanishishingiz mumkin.

Rossiya va Xitoy dollar zaxira valyuta hisoblanmaydigan dunyoga tayyor turish uchun oltin sotib olmoqda. Bu haqda Amerikaning «Fox Business» telekanaliga «Euro Pacific Capital» bosh direktori Piter Shiff ma’lum qilgan.

Amerika telekanalining ta’kidlashicha, Xitoy Xalq banki o‘tgan yilning dekabridan buyon o‘z zaxirasiga 100 tonna oltin qo‘shib qo‘ygan. Rossiya esa joriy yilda 106 tonna qimmatbaho metall o‘zlashtirgan. «Bloomberg» ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda oltin zaxiralari Xitoyda 1 950 tonna, Rossiyada esa 2 200 tonnani tashkil etadi.

«Rossiya so‘nggi o‘n yil ichida AQSh dollariga tobe’likni zaiflashtirish maqsadida o‘z zaxirasini qariyb to‘rt baravar ko‘paytirgan. «Bloomberg»ning keltirishicha, Rossiya Markaziy banki bu yil 106 tonna oltin xarid qilgan. Savdo urushidagi mujmallik va jahon iqtisodiyoti ahvolidan xavotirlanish oltin qiymatini oxirgi olti yil ichida eng yuqori darajaga ko‘tarishga ko‘maklashdi. Qimmatbaho metall bu yil qariyb 18 foizga oshgan, o‘tgan oyda esa u 2013-yilning aprelidan buyon ilk bor bir unsiyasi 1550 dollarga yetdi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida «Bloomberg» Rossiya oxirgi sakkiz yil ichida ilk bor valyuta, oltin va maxsus o‘zlashtirma huquqlaridan iborat xalqaro zaxiralar bo‘yicha Saudiya Arabistonini quvib o‘tishi mumkinligi haqida yozgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring