Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh kadetlari o‘zbekistonlik kursantlar bilan tajriba almashadi

AQSh kadetlari o‘zbekistonlik kursantlar bilan tajriba almashadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 15 may kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida bilim yurti kursantlari va AQSh Qurolli kuchlari rezervdagi ofitserlarni tayyorlash korpusining 36 nafar kadeti ishtirokida «Buyuk sarkardalar va davlat arboblari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Konferensiya davomida Akademiya kursantlari va tinglovchilari Amir Temur, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk namoyondalarimiz haqidagi ma’ruzalarini o‘zbek, rus, ingliz tillarida bayon etdi.

Shuningdek, xorijlik kadetlar uchun yurtimizning qadimiy tarixi, shonli o‘tmishi va buguni to‘g‘risida tayyorlangan hujjatli filmlar va videoroliklar konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ushbu uchrashuv avvalo ikki davlat yoshlarining o‘zaro fikr almashishi, erkin va do‘stona muloqoti uchun zamin yaratmoqda.

Ta’kidlash kerakki, AQSh Qurolli kuchlari vakillari uch hafta davomida Akademiya hamda Mudofaa vazirligining boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati, o‘quv tizimi, kursantlarimizga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashishlari ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurib, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayonlari bilan tanishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring