Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Eronni G‘arbiy yarimshar mamlakatlariga xavf tug‘dirishda aybladi

AQSh Eronni G‘arbiy yarimshar mamlakatlariga xavf tug‘dirishda aybladi

Foto: «Politico»

Eron hukumati prezident Nikolas Maduro boshchiligidagi Venesuelani qo‘llab-quvvatlab, G‘arbiy yarimshar mamlakatlariga xavf tug‘dirmoqda. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton «Twitter»dagi sahifasida yozdi.

«Ular mintaqa xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf uyg‘otishyapti. Biz Maduroning ko‘makchilarini va Eronning G‘arbiy yarimshardagi xatti-harkatlarini fosh qilishda davom etamiz», — deb yozdi Bolton.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyul kuni Britaniyaga qarashli «Stena Impero» tankeri bortidagi 23 nafar ekipaj a’zosi bilan eronliklar tomonidan ushlangandi. Eron hukumati ushbu tanker baliqchi kema bilan to‘qnashib, xavf sodir etgani uchun shunday chora qo‘llanganini bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring