Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» ko‘proq kimlarni ishga olyapti?

«Apple» ko‘proq kimlarni ishga olyapti?

«Apple» kompaniyasi «firmenniy» servislarini yo‘lga qo‘yganidan so‘ng eng talabgir mutaxassislar holati ham o‘zgardi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar — «Apple» endi eng ko‘p shu mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda, deb yozishyapti «Thinknum» ekspertlari.

Ikkinchi o‘rinda — muhandislar. Apparat ta’minoti mutaxassislari uzoq yillar «Apple»ning suyangan tog‘lari edi, 2019-yildan ularning o‘rnini dasturchilar egalladi. Bunga sabab kupertinoliklar o‘z servislarini yaratish va yaxshilashga ko‘proq e’tibor qaratayotganidir.

Menejerlar va chakana savdo do‘konlari sotuvchilari ham kompaniya vakant o‘rinlari «top»ida. Dizaynchilar xizmatiga ham kompaniya ehtiyoji yuqori.

Dasturchilarning bir qismini «iOS 13» yaratilishiga jalb etish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring