Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Antuan, hovliqma!» Desham JCh-2018 finali tanaffusida o‘yinchilariga nima degandi? (video)

«Antuan, hovliqma!» Desham JCh-2018 finali tanaffusida o‘yinchilariga nima degandi? (video)

Skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda JCh-2018 finali tanaffusida Fransiya terma jamoasi kiyim almashtirish xonasidan olingan video paydo bo‘ldi.

«Ular hujum qilyapti, ular agressiv. Ularning g‘ayratini ko‘rdilaring. Oddiyroq o‘ynanglar. Agar kimdir yoningizdami, demak, boshqasi yuguryapti. To‘pni o‘shanga oshiring. Faqat tezroq. Mbappega oshiring. Antuan, qarshi hujumlarda hovliqma. Sen hujum qilayotgan raqiblar ortida bo‘lishing kerak. Sen ehtimoliy variant sifatida turishing kerak.

45 daqiqa! Buyog‘iga nima qilishni yaxshi bilasiz! Boshingizni ko‘taring, o‘zingizni erkin qo‘ying! To‘pni oldingizmi — bo‘m! Oldinga uzating!» — degan bosh murabbiy Dide Desham.

«Bolalar, erkinroq. Hali kuchimiz bor, yaxshiroq o‘ynaymiz», — deya jamoadoshlarini ruhlantirgan Antuan Grizmann.

Tanaffusgacha fransuzlar 2:1 hisobida xorvatlardan ustun kelishayotgandi. Ikkinchi taym ham shu «ssenariy» bo‘yicha davom etdi: fransuzlarning ikki goliga xorvatlar bitta gol bilan javob bera olishdi. Yakunda Xorvatiya terma jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘olib chiqqan Fransiya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marotaba jahon chempioniga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring