Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angolada poyezd halokatga uchradi

Angolada poyezd halokatga uchradi

Foto: «sabah.com.tr»

Markaziy Afrika davlati Angola janubida ikkita poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr».

Angolaning Namibe shahrida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi to‘xtab turgan boshqa bir poyezdga borib urilgan. Hodisa tufayli yaralangan 14 kishi yaqin atrofdagi shifoxonaga yotqizildi.

Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlab yuborilgan.

Hukumat halok bo‘lganlar soni ortishidan tashvishda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring