Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Android 10» o‘rnatiladigan «Samsung» qurilmalari ro‘yxati chiqdi

«Android 10» o‘rnatiladigan «Samsung» qurilmalari ro‘yxati chiqdi

Foto: «AKKet»

«AndroidPure» portalida amaliy tizimi «Android 10»gacha yangilanadigan «Samsung» qurilmalari ro‘yxati paydo bo‘ldi.

Nashrda yozilishicha, Galaxy A8+, A6s, A8s, A7 2018, A40s, J4 Core, J2 Core, J2 Pro, J7 Prime 2 smartfonlariga yangi operativ tizim o‘rnatilmasligi deyarli aniq. Galaxy M10s ham «o‘nlik» tizim o‘rnatiladigan qurilmalar ro‘yxatida yo‘q, ehtimol bu smartfon kecha, 18-sentyabr kuni taqdim etilgani bilan bog‘liq.

«Google» kompaniyasi «Android 10» yakuniy talqinini 2019-yilning 3-sentyabr kuni taqdim etgandi. Uning interfeysidagi asosiy o‘zgarishlardan biri ishoralar yordamida boshqarilishidir.

Foto: «AndroidPure» 

Umuman olganda, ro‘yxatdagi qurilmalar soni juda ko‘p. Batafsil ro‘yxat bu yerda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring