Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi YTHda haydovchi va uning turmush o‘rtog‘i vafot etdi

Andijondagi YTHda haydovchi va uning turmush o‘rtog‘i vafot  etdi

5-may kuni Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida Qo‘rg‘ontepa tumanida yashagan 65 yoshli X.K. «Damas» rusumli avtomashinasini haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib shu yerda harakatlanib kelayotgan  J.A. «NOWO» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Damas» haydovchisining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K. jarohat olib voqea joyida va haydovchi shifoxonaga keltirilganida vafot etganlar. Shuningdek qolgan yo‘lovchilar, haydovchining kelini 32 yoshli M.T. va uning 2 yoshli qizi S.X.lar jarohat olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring