Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzoq muddatdan buyon tug‘ilganligi qayd etilmagan bolalarga guvohnomalar topshirildi

Uzoq muddatdan buyon tug‘ilganligi qayd etilmagan bolalarga guvohnomalar topshirildi

Andijon viloyati davlat xizmatlari boshqarmasi tizimi xodimlari tashabbusi bilan 03 noyabr kuni Andijon tuman davlat xizmatlari markazida “Bironta ham bola qayd etilmay qolishi mumkin emas!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 30 nafar uzoq muddatdan buyon tug‘ilganligi qayd etilmagan bolalarga qonuniy guvohnomalari topshirildi.

Bundan tashqari uzoq muddatdan buyon noqonuniy, shar’iy nikoh orqali yashab kelayotgan 10 nafar oilalarga qonuniy nikoh tuzilganligi xaqida guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. 

O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan  mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan 20 ta turar joy sohiblariga kadastr xujjatlari berildi. 

Bundan tashqari tadbirda ishtirok etgan yuzlab fuqarolarimizga Mamlakatimizda yaratilayotgan Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimi hozirda ko‘rsatilayotgan xizmatlar va kelgusida rejalashtirilayotgan yangi xizmatlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi. 

Tadbirda Maxalliy davlat hokimiyati, Yergeodez kadastri xodimlari, OAV vakillari, tuman va shaxar FHDYo organlari vakillari, ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun kichik konsert tashkil etildi, esdalik sovg‘alar va bolajonlar uchun shirinliklar ulashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring