Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: Andijonda o‘yin ortidan bir kishi qasddan o‘ldirildi

Bosh prokuratura: Andijonda o‘yin ortidan bir kishi qasddan o‘ldirildi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 6-may kuni Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.U. tanishi S.U. bilan narda o‘yini o‘ynab o‘tirib, o‘zaro janjallashgan.

So‘ngra ikkovlon S.U.ning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tirishib, o‘zaro janjalni davom ettirishgan. S.U. avtomashinani to‘xtatganida, A.U. tushib S.U.ni urgan, u esa avtomashinasidagi pichoq bilan A.U.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring