Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimi «dolzarb 20 kunlik»ni e’lon qildi

Andijon hokimi «dolzarb 20 kunlik»ni e’lon qildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov kecha, 6-oktyabr kuni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun dolzarb 20 kunlikni e’lon qilgan.

Hokim shu masalada Shimoliy kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida yig‘ilish o‘tkazgan.

— To‘g‘ri, biz ancha kech qoldik, biroq oz bo‘lsa-da, hali vaqt bor. Shu sababli bugundan boshlab viloyatda mavjud ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha dolzarb yigirma kunlikni e’lon qilaman. Har bir bino-inshootni sinchiklab tekshirib chiqishingiz, uyma-uy yurib aholini qiynayotgan muammolarni aniqlab, uni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni berishingiz kerak. Ishchi guruh ana shuning uchun tuzildi. Xalq davlatdan, biz ishchilardan rozi bo‘lib yashashi kerak, — degan viloyat rahbari.

Masalani hal qilish uchun viloyat hokimligining kotibiyat mudirlari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, elektr, gaz, suv ta’minoti korxonalari hamda boshqa kommunal tashkilotlarning vakillari, shahar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosaralaridan ishchi guruh tuzilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda bank, mahalla, shirkatlar vakillariga ayrim fuqarolar kommunal to‘lovlardan qarzdorligini undirish, uylarning tom va fasad qismlarini ta’mirlash yuzasidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni davlatga qaytarish masalalarida uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish borasida kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar ham berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring