Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘n yil oldin uchirilgan raketa bo‘laklari odamlar ustiga tushishi mumkin

O‘n yil oldin uchirilgan raketa bo‘laklari odamlar ustiga tushishi mumkin

Foto: «United Launch Alliance»

Amerikaning «CNBS» telekanali xabar berishicha, 10 yil avval uchirilgan «Atlas V» raketasining qoldiqlari sekin-asta «orbitadan tushib kelyapti». Bu haqda «Life» yozmoqda.

Raketa bo‘laklari shunchalik kattaki, bu atmosferaning qalin qatlamlarini yorib o‘tib, odamlarning «boshiga» tushishi uchun yetarli.

2009-yili amerikaliklar uchirgan «Atlas»ning bo‘laklari haliyam fazoviy kengliklarni sayr qilib yuribdi. Bu yerda gap raketaning ayrim sabablarga ko‘ra 10 yildan beri «orbitadan tushmagan» ikkinchi bosqichi haqida ketyapti.

Aytishlaricha, ayni paytda Yerning turli balandlikdagi orbitalarida kosmik qurilmalarning 12 mingdan ortiq yirik bo‘laklari kezib yuribdi. Bu «kosmik chiqindilar» tadqiqot loyihalaridan tortib boshqariluvchi kemalargacha — barcha fazoviy missiyalarga xalaqat berishi mumkin. «Kosmik chiqindi» ro‘yxatiga kiritilgan jami qurilmalar soni esa 500 mingtaga yaqinlashib qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring