Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev Toshkentdagi norasmiy uchrashuvda ishtirok etadi

Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev Toshkentdagi norasmiy uchrashuvda ishtirok etadi

19-may kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumi – davlat arboblari, yirik tadbirkorlar, ko‘p tomonlama institut rahbarlari, nufuzli jurnalistlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov, «USM Holdings» asoschisi, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari A.Usmonov, Rossiya madaniyat vaziri V.Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari I.Umaxanov ishtirok etadi. Tabdirni MDXMIning Kuzatuv kengashi a’zosi, TASS bosh direktorining o‘rinbosari M.Gusman olib boradi.

Forumda siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Mongoliya Tashqi ishlar vaziri D.Sogtbaatar, Kambodja Ta’lim vaziri N.Xan Chuon, Rossiya fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari S.Kravsov, MDXMning Vasiylik kengashi a’zosi F.Shodiyevlar so‘zga chiqadi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar qatoriga Slovakiya Tashqi ishlar vaziri M.Laychak qo‘shiladi. Barcha so‘zga chikuvchi nufuzli mehmonlar Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilari hisoblanishadi.

Forumning asosiy dasturi davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uchrashuvlaridan iborat.

MDXMI, Jahon iqtisod va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa oliy o‘quv yurtlari mutaxassislari ishtirok etadigan tadbirda Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlararo munozara bo‘lib o‘tadi.

Forumda, shuningdek, universtitetni rivojlantirishning yangi strategiyasi muhokama qilinadi.

Forumda Toshkent MXMI filiali ochilishi hakidagi dastur taqdimoti ham o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring