Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alimentdan qochib yurgan fuqaro chetga chiqib ketgani uchun MIB xodimi ishdan haydaldi

Alimentdan qochib yurgan fuqaro chetga chiqib ketgani uchun MIB xodimi ishdan haydaldi

Aliment to‘lamaganiga qaramay, xorijga qochib ketgan fuqaroga chora ko‘rmagani uchun Majburiy ijro byurosi xodimi ishdan bo‘shatilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2018-yil 3-martdagi aliment undirish haqidagi ijro hujjati MIB Quva tumani bo‘limiga 12-martda kelib tushgan.

Ijro hujjati Byuroga kelib tushguniga qadar qarzdor qarzdor er Qozog‘istonga ishlagani ketgan. 2019-yil mart oyiga qadar, ya’ni 1 yil davomida u alimentini to‘lamagan.

Aliment qarzi qayta hisoblanib, qarzdor aliment qarzini to‘lamagani sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Byuro tomonidan ma’muriy sudga yana taqdim qilingan.

Quva tuman ma’muriy sudining 2019-yil 11-martdagi qaroriga ko‘ra, qarzdor er 5 302 666 so‘m aliment qarzini to‘lamagani sababli, MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutkaga qamab qo‘yilgan.

Jazoni o‘tab chiqqan qarzdor keyinchalik ham alimentni to‘lamagani uchun 2019-yil 20-mayda er yana Qozog‘istonga ketgani aniqlangan. Lekin MIB xodimi qarzdorga nisbatan O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlarini cheklash va qidiruv e’lon qilish choralarini ko‘rmagan.

Shuning uchun 4 iyun kuni MIB xodimi lavozimidan ozod etilgan.

Qarzdorning alimentdan qarzi hozirgacha 6 512 666 so‘m bo‘lgan. U esa hamon Qozog‘istondan qaytmagan. Shuning uchun 19-avgust kuni MIB qarzdorning chetga chiqish huquqlarini cheklash hamda unga nisbatan qidiruv e’lon qilish haqida qaror qabul qilgan.

Hozir qarzdor qidirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring