Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aka — Interpol rahbarligiga Rossiyadan nomzod, uka — ukrain diplomati...

Aka — Interpol rahbarligiga Rossiyadan nomzod, uka — ukrain diplomati...

Foto: «Aif.ru»

Bugun, 21-noyabr kuni Interpol rahbarligiga saylov o‘tkaziladi. Nomzodlardan biri aynan rossiyalik ekani tashkilot a’zolari o‘rtasida anchagina mubohasalarga sabab bo‘lyapti.

Masalan, Litva Interpol a’zoligidan chiqish niyatini bildirdi: mamlakat Seymi (parlament) mabodo Interpolga Rossiya Federatsiyasi vakili rahbarlikka kelsa, Litva bu xalqaro tashkilotni tark etishi ko‘zda tutilgan rezolyusiyani tasdiqladi.

«Interpolga Rossiya vakili rahbar bo‘lgan taqdirda, Litva barcha demokratik davlatlar bilan birgalikda tashkilot a’zoligidan chiqish tadorigini ko‘rishi kerak», — deyishdi litvalik siyosatchilar.

Eslatib o‘tamiz, Interpolning sobiq rahbari Men Xunvey Xitoyda korrupsiyada ayblanib qo‘lga olinganidan so‘ng oktyabr oyida iste’foga chiqqandi. Moskva esa 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda o‘z vakili Aleksandr Prokopchuk g‘olib chiqishini istamoqda. Rus generali 2011-yildan beri RF IIV Interpol milliy markaziy byurosi rahbari, 2016-yildan beri esa xalqaro tashkilot (Interpol) vitse-prezidenti.

Qiziq bir ma’lumot: Interpol «jilovi»ni o‘z qo‘liga olishga shaylanayotgan rossiyalik Aleksandr Prokopchukning (suratda — formada) ukasi bor — Igor Prokopchuk. Masalaning «nozik joyi» ham shunda: uka ukrain fuqarosi. Nafaqat fuqarosi, balki Ukrainaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili, diplomat...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring