Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi orasidan koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

Aholi orasidan koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

2020-yil 21-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2967 (+3) nafarni tashkil qilmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, bugun yangi qayd etilgan 28 holatdan 7 nafari halqaro yuk tashishga ixtisoslashgan avtomashina haydovchilari bo‘lsa, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan tasdiqlandi. Eng achinarlisi, Toshkent shahri, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 20 holatda kasallik aholi orasidan aniqlanib, koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro boshqa fuqarolar bilan yaqin muloqotda bo‘lib, kasallikni jami 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2407 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 547 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring