Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan Bagamadagi ofat qurbonlariga katta xayriya jo‘natmoqchi

Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan Bagamadagi ofat qurbonlariga katta xayriya jo‘natmoqchi

Foto: «Voditel-job.ru»

«REGNUM»ning yozishicha, Amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan Bagama orollarida «Dorian» dovuli asoratlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarga bir million AQSh dollari xayriya qilmoqchi. Bu haqda sportchining rasmiy vakili Esti Portnoy xabar bergan.

Maykl Jordan Bagamada dovul chaqirgan tabiiy ofat jafokashlariga hamdardlik bildirgan.

«Bagama orollarida «Dorian» dovuli sabab bo‘lgan vayronagarchiliklardan larzaga keldim. U yerda ko‘chmas mulklarim bor, shuning uchun bu joyda ko‘p bo‘laman», — deydi Jordan.

Basketbolchi Bagama orollaridagi qutqaruv ishlarini diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida: Bagamada «Dorian» dovuli qurbonlari soni 50 kishiga yetgan. Qariyb 13 mingta imorat shikastlanib, ulardan aksariyati vayron bo‘lgan. Ko‘pgina hududlar sel tufayli suv ostida qolgan. Ayni vaqtda ko‘plab odamlar bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan orollarda qutqaruv operatsiyalari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring