Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Afg‘oniston markazida ofis ochishi mumkin

«Tolibon» Afg‘oniston markazida ofis ochishi mumkin

Foto:«Knews.kg»

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Kobul markaziy provinsiyasida «Tolibon» jangarilari uchun ofis ochishga ruxsat berishini ma’lum qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» yozmoqda.

G‘anining fikricha, mazkur qadam hukumat va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar va mamlakatdagi qon to‘kilishini to‘xtatishga yordam beradi.

Prezident shuningdek, jangarilar rahbarlarini hukumat bilan tinch muzokarlarga kirishish uchun Kobulga taklif etgan.

Oldinroq, Ashraf G‘ani RTA davlat telekanali efirida «Tolibon» vakillarini to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring