Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligidan yana bir tashabbus yoxud 67-modda ijrosi

Adliya vazirligidan yana bir tashabbus yoxud 67-modda ijrosi

«Bugun jurnalistning mavqei ko‘tarilmoqda. U sud jarayonidagi noxolislikdan tortib sobiq Bosh prokurorning ishi bo‘yicha izoh talab qilmoqda. Qonun ustuvorligi, huquqiy profilaktika samaradorligi uchun tinmay qalam tebratmoqda.

Bu nima degani? Bu jurnalist uchun o‘zining jamiyat «pulsi» ekanligini his etishi, OAV faqatgina 67-moddada emas balki yangilanayotgan O‘zbekistonda ham «to‘rtinchi hokimiyat» mavqeini egallashi uchun mardu-maydon degani...»

O‘zbekiston Respublkasi Adliya vazirligining yana bir tashabbusi shunday so‘zlar ostida o‘tdi. Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Navoiy viloyatida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun «Jurnalistika: huquqiy amaliyot va ko‘nikmalar» mavzusida tashkil etilgan ilk o‘quv-seminarida tahliliy xulosalar, sohaga oid muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Tashkil etilgan 2 kunlik o‘quv-seminarida dolzarb mavzular:

Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy kafolatlari;

Jurnalistning huquqlari va majburiyatlari;

Axborot olish va tarqatish kafolatlari;

Axborot tarqatishda inson sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish va javobgarlik;

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari va uni ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari;.

Jamiyatning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va unda ommaviy axborot vositalarining ishitrokini ta’minlash;

Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, muhokama qilish, ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish, qonunchilikni sharhlash bo‘yicha interaktiv usullarda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv-seminari yakunida Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan OAV xodimlariga Adliya vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring