Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida eslatdi

Adliya vazirligi yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida eslatdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Mediasavodxonlik kelajagimizni belgilab beradigan asosiy omillardan biri bo‘lib turibdi. Chunki biz axborot urushlari davrida yashamoqdamiz. Bu muhorabada asosiy qurol – axborot, mustahkam zirh esa – axborotni tanqidiy qabul qilishdir. Ushbu asr kishisi shubhalanish va shubhalarni tekshirishni biladigan  bo‘lishi kerak.

Soxta axborot mualliflari ko‘pincha ko‘zga yaqqol tashlanadigan, «qichqiruvchi» sarlavhalardan yoki boshdan-oyoq to‘qima voqealardan foydalanib o‘quvchilar auditoriyasini oshirishga harakat qiladi. Bunda klikbeyting orqali foyda olish prinsipi qo‘llaniladi, ya’ni qancha ko‘p odam ulashsa va o‘sha resursga kirsa, reklama beruvchilar soni ham shunchalik ortadi (moddiy manfaat).

Tarqatilayotgan axborotning rost yoki yolg‘onligi ahamiyatga ega emas, ko‘proq odam ko‘rsa va resursga kirsa, bo‘ldi. Auditoriyasi katta internet resurslari jamoatchilik fikrini boshqarish vositasi sifatida katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi (siyosiy manfaat).

Shuni e’tiborga olgan holda Adliya vazirligi «Mediasavodxonlik va fake-news: huquq va mas’uliyat chegarasi» nomli qo‘llanma tayyorladi.

Asosan tahliliy-tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan ushbu qo‘llanmada soxta xabarlarning kelib chiqish manbalari, ularni yaratish va tarqatishdan manfaatdor tomonlar, feyklarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, ular bilan kurashishning zamonaviy usullari (faktcheking) borasida so‘z boradi.

Shuningdek, qonunchilikda yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik, axborot olish erkinligi va tarqatish mas’uliyati borasida foydali eslatmalar o‘rin olgan.

Qo‘llanmadan maqsad media-makondagi munosabatlarning qonuniy va tartibli bo‘lishini ta’minlash hamda axborot iste’molchilarining hushyorligini oshirishga yordam berishdan iboratdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring