Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi hujjatlar ijrosini monitoring qiladi

Adliya vazirligi hujjatlar ijrosini monitoring qiladi

Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazish tizimini joriy etadi. Bu haqda prezident qarori imzolangan.

Qarorga ko‘ra, huquqiy monitoringning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining yagona amaliyotini joriy etish;
  • huquqni qo‘llash amaliyotining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini o‘rganish;
  • ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning to‘liqligini ta’minlash;
  • normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston qonunlari va xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini ta’minlash;
  • normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, korrupsiyaga oid omillar, bir-birini takrorlovchi va kollizion normalarni aniqlash va bartaraf etish;
  • normativ-huquqiy hujjatlardagi yagona tushuncha va atamalar tizimini yaratish.

Shuningdek, Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilgan:

  • davlat boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan huquqiy monitoringda ishtirok etish;
  • davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring yakunlari bo‘yicha o‘z vaqtida taqdim etilmagan, noto‘g‘ri, ishonchsiz yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilgan taqdirda, ularga nisbatan huquqiy monitoringni o‘tkazishdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish.

Davlat boshqaruvi organlari har yili 1-fevralga qadar hujjatlar imzosini shakllantirib, birinchi rahbar imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim qilishi kerak.

Adliya vazirligi esa har yili 20-fevralgacha davlat boshqaruvi organlari tomonidan o‘tgan yilda o‘tkazilgan huquqiy monitoring natijalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Vazirlar Mahkamasi har yili 20-martga qadar monitoring rejasini hamda huquqiy monitoring natijalari to‘g‘risida hisobotni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilgan holda tasdiqlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring