Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

28 yoshli Olimjon To‘ychiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi

28 yoshli Olimjon To‘ychiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-noyabrdagi PQ-4517-sonli qarori bilan Olimjon Alijonovich To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O.A. To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirligida boshqarma boshlig‘i va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Olimjon Alijonovich To‘ychiyev 1991-yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2015-yil mashinasozlik muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasi va 2017-yili Mexatronika yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan. O.To‘ychiyev 2016-2017-yillarda Germaniyaning Xoxenxaym universitetida ham tahsil olgan.

Shuningdek, O.To‘ychiyev 2013-yil ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, o‘zbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratib, fan va texnika sohasida, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamda ommalashtirish yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring