Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

22 yoshli qiz «Mercedes-Benz»da ikki kishini urib ketdi. Biri voqea joyida vafot etgan

22 yoshli qiz «Mercedes-Benz»da ikki kishini urib ketdi. Biri voqea joyida vafot etgan

Foto: IIBB axborot xizmati

Bugun, 5-mart kuni taxminan soat 09.30 da Yakkasaroy tumani Bog‘ibo‘ston ko‘chasida 22 yoshli D.R. «Mercedes-Benz» rusumli avtomobilni boshqarish davomida piyodalar — 41 yoshli G.D. va 58 yoshli X.M.larni urib yuborgan.

So‘ng 33 yoshli I.K. boshqaruvidagi «Cobalt» avtomobiliga to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

YTH oqibatida 41 yoshli G.D.ga badan shikastlari yetgan. 58 yoshli X.M. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring