Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2020-yilda iqtisodi eng tez o‘sishi kutilayotgan davlat nomi ma’lum qilindi

2020-yilda iqtisodi eng tez o‘sishi kutilayotgan davlat nomi ma’lum qilindi

«Bloomberg» ma’lumotlariga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi iqtisodiyoti eng tez sur’atlar bilan o‘sishi kutilayotgan mamlakatni bashorat qildi.

Bunday mamlakat Janubiy Amerikaning Gayana davlatidir.

Xalqaro valuta jamg‘armasida ta’kidlanganidek, 2020-yilda ushbu mamlakat iqtisodiyoti 86 foizga o‘sadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday o‘sish Xitoydan kutilganidan ko‘ra 14 baravarga ko‘pdir.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu hodisa «Exxon Mobil» korporatsiyasi tomonidan ulkan neft zaxiralarini topishi natijasida yuzaga keladi.

Gayananing yillik yalpi ichki mahsuloti 4 milliard dollarni tashkil etadi, ammo 2024-yilda 15 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring