Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

2017-2019 yil dasturlari asosida qurilgan uy-joylarni rasmiylashtirishga shoshiling, narxi oshadi

2017-2019 yil dasturlari asosida qurilgan uy-joylarni rasmiylashtirishga shoshiling, narxi oshadi

Qurilish vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 28 noyabrdagi Prezident Farmonining 9-ilovasi 5 «v» bandiga asosan «O‘zshahar qurilish invest» IK MChJ 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylar bo‘yicha 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilangan.

Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar «O‘zshahar qurilish invest» IK MChJning mulki hisoblanadi. Yuqoridagi farmon talablaridan kelib chiqib, xonadonlarga biriktirilgan fuqarolar xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati «O‘zshahar qurilish invest» IK hisob-raqamiga kelib tushmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.

2017-2019 yil dasturi bo‘yicha uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning ko‘pchiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda, uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirib olishdi. Turli sabablarga ko‘ra, uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar ham ushbu imtiyozdan foydalanishi uchun istisno tariqasida 2020 yil 1 iyulga qadar imtiyozning amal qilishi uzaytirildi.

Prezident farmoni bilan «O‘zshahar qurilish invest» IK MChJ va «Qishloq qurilish invest» IK MChJga 2020 yil 1 iyulgacha berilgan imtiyozlar 2017-2019 yil dasturlari bo‘yicha qurilgan uy-joylarga nisbatan tadbiq etiladi. 2020 yil dasturi doirasida qurilayotgan uy-joylar uchun yuqoridagi imtiyozlar tadbiq etilmaydi, shuning uchun ushbu dastur bo‘yicha qurilayotgan uy-joylar narxiga qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilgan holda hisoblanmoqda.

Xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qurilgan uylarga 2020 yil 1 yanvardan boshlab QQS tadbiq etilgan. Ikkilamchi uy-joylar oldi-sotdisida agar sotuvchi tomoni qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxs bo‘lmasa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring