Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

20-iyuldan to‘yxonalar faoliyatiga cheklov kiritildi

20-iyuldan to‘yxonalar faoliyatiga cheklov kiritildi

Foto: Xabar.uz

Yaqinda tegishli sohaga mas’ul tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20-iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish ob’yektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.

SSV xabariga ko‘ra, yana bir kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, shu yil 20 iyuldan agar to‘yxonalar(restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Umumiy ovqatlanish ob’yektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishlariga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 1-avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring