Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

19 nafar nogironni o‘ldirgan yaponga oliy jazo tayinlandi

19 nafar nogironni o‘ldirgan yaponga oliy jazo tayinlandi

Foto: «Kyodo News»

Yaponiyaning Sagamixara shahrida aqliy imkoniyatlari cheklangan nogironlar uyida 19 kishini so‘yib tashlagan Satosi Uematsu o‘lim jazosiga hukm qilindi, deya xabar berdi «Kyodo News» Iokogama sudiga tayanib.

Sud majlisida 30 yoshli Uematsu nogironlarni odam hisoblamasligini aytgan. Ularni azob-uqubatlardan xalos etganini iddao qilgan.

Advokatlari himoya ostidagi kishi aqli joyidamasligini ta’kidlashga har qancha urinmasin, biroq sud erkak kishi jinoyat sodir etgan vaqtda sog‘lom bo‘lgan, degan xulosaga kelgan. Ta’kidlanishicha, birinchi sud majlisi paytida Uematsu og‘ziga nimadir solishga uringan, biroq sud ijrochilari uni to‘xtatib qolishgan. So‘ngra Uematsu tinchlangan va uzr so‘ragan.

2016-yil 26-iyulga o‘tar kechasi Tokio yaqinidagi Sagamixara shahrida joylashgan nogironlar uyida qirg‘in uyushtirgan. O‘sha vaqtda pansionatda sakkizta xodim, bitta qo‘riqchi va 100 dan ortiq 18 yoshdan 75 yoshgacha nogironlar bo‘lgan. Hujum natijasida 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 20 kishi og‘ir ahvolda bo‘lgan.

Hujumdan so‘ng jinoyatchi o‘zining «Twitter»ida butun dunyoga tinchlik tilagan. So‘ngra hukumatga taslim bo‘lgan. Uematsu tergovchilarga «ko‘pgina kasalliklardan qiynalayotgan og‘ir bemorlarni qutqarganini» aytgan. Shuningdek, u narigi dunyoga ravona bo‘lgan kishilarning qarindoshlaridan uzr so‘rashni ham unutmagan.

Satosi Uematsu 2012-yil dekabrdan 2016-yil fevralgacha ushbu nogironlar uyida mehnat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring