Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

16 futlik to‘lqinlar yoxud Gavayi orollariga sayohat! (foto)

16 futlik to‘lqinlar yoxud Gavayi orollariga sayohat! (foto)

Foto: «Hakula»

Juda ko‘plab sarguzashtsevar sayyohlar, bir bor bo‘lsa-da, Qo‘shma Shtatlar tarkibidagi Gavayi orollariga borib hordiq chiqarishni xohlashadi. Tinch okeanida joylashgan go‘zal Gavayi — millionlar orzusidagi maskan.

Gavayiga fotosayohat bahona qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Oaxudagi shimoliy qirg‘oq

Gavayi orollaridagi Oaxuga qismi hududga tashrif buyuruvchilarni doim o‘ziga jalb etib keladi. Orolning shimoliy qirg‘og‘i ham eng diqqatga sazovor joylardan.

Bu yerda balandligi 16 futdan-da oshuvchi dunyodagi eng ajabtovur to‘lqinlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Xana shahriga yo‘l

Ajoyib Xana plyajiga borish uchun eng qisqa yo‘l Mauida orqali o‘tgan. Ammo yo‘l tor, tog‘ tizmalaridagi aylanmalar xavfli, avtomobildagi kichikroq qaltis harakat ham ummonga g‘arq qilishi mumkin.

Biroq ushbu xavfli yo‘l ummon go‘zalligidan bahramand bo‘lish barobarida, qalbingizni o‘zgacha hissiyotlarga to‘ldirishi aniq.

Dengiz mavjudotlari maskani

Dekabrdan mayga qadar Poipu Beach Parkiga tashrif buyursangiz qirg‘oq bo‘ylarida dengiz mushuklari va kitlarni uchratasiz. Gavayining yashil dengiz toshbaqalari va bir qator boshqa jonzotlar ham ko‘p vaqtini shu yerda o‘tkazadi.

Qumli plyajda quyosh botishi va yovvoyi tabiatni tomosha qilish insonga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Matsumoto muzqaymog‘i

Matsumoto muzqaymog‘i Gavayining eng sevimli mahalliy taomlaridan biri. Nafaqat mazasi, balki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga ajoyib post bo‘la olishi bilan ham o‘zgacha.

Milliy tarixiy bog‘

Bu yerda Gavayining eng ajoyib plyajlari, oq qumli qirg‘oqlardan tortib dengiz toshbaqalarigacha uchratasiz. Lekin ko‘pchilikni  mohirona yasalgan jangchi haykallar ko‘proq jalb etadi.

Ayrim miflarga ko‘ra, agar siz kun oxirigacha jangchi haykallar joylashgan yerga tashrif buyurgan bo‘lsangiz, siz hududda sodir etgan har qanday qoidabuzarlik uchun jazolanishdan ozod qilinasiz.

«Quyosh uyi»

Gavayi orollarida quyosh chiqishi yoki Heleakala cho‘qqisidan «Quyosh uyi»ni tomosha qilish o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Quyosh chiqishi pallasida mahalliy aholi Gavayi qo‘shig‘ini kuylayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Qora plyaj

Gavayi o‘zining lava vulqonlari va ajoyib qumli plyajlari bilan mushhur. Masalan Punaluga vulqonining faolligi natijasida Gavayi vulqonlari milliy bog‘i yaqinidagi plyaj o‘ziga xos ko‘rinishga kelgan. Ya’ni tashrif buyuruvchilarni plyaj qirg‘oqlaridagi qumlar qora tusda ekanligi hayratlantirmay qolmaydi.

Ming bir zina

Agar siz o‘zingizni jismonan baquvvat hisoblasangiz Koko cho‘qqisiga mingdan ortiq zina orqali ko‘tarilishni o‘ylab ko‘ring. Eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilganingizda beqiyos go‘zallik — Oaxu manzarasidan bahramand bo‘lasiz. Albatta, bu go‘zallik ming bir zinadan chiqishga arziydi.

Hanalei

Gavayidagi sayohat davomida albatta Hanalei hududiga ham to‘xtab o‘tish kerak. Boisi yam-yashil vodiy kayfiyatingizni ko‘tarmay qolmaydi. Qolaversa, hududda kunora kamalak hosil bo‘lib turadi. Hudud go‘zalligini ayniqsa Namolokama tog‘i yon bag‘ridan tomosha qilish zavqli.

Road

Road hududi Gavayi vulqonlar milliy bog‘ining bir qismi bo‘lib, albatta tashrif buyurish lozim bo‘lgan joylardan. Chunki hudud Gavayidagi boshqa joylarga o‘xshamaydi. 19 mil uzunlikdagi alfaltlangan yo‘l, ajoyib qirg‘oq manzaralari va yillar davomida to‘planib kelgan lava qoldiqlari sayohatchiga boshqacha taassurot beradi. 

Ikki mingdan ortiq flora

Xamakua sohilida joylashgan Gavayi Tropik botanika bog‘ida 2 mingdan ortiq flora turlari mavjud. Siz suratda ko‘rib turgan yorqin rangli gul Gavayi landshafti ramzlaridan sanaladi.

Molokay sohili

Gavayi orollari tarkibidagi Molokay sohilida okeanga tutashib ketgan qoyalarning ajoyib manazarasini ko‘rishingiz mumkin. Ikki vulqon tizmasi sohilni shartli ravishda Sharqiy Molokay va G‘arbiy Molokayga ajratgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sohil sayohatchilarning eng ko‘p tashrif buyuradigan joylaridan biridir.

(Davomi bor.)

Nurillo To‘xtasinov
tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring