Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

15 nafar yosh o‘zbek kinoijodkorlari Bollivudda malaka oshiradi

15 nafar yosh o‘zbek kinoijodkorlari Bollivudda malaka oshiradi

«O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning Hindiston elchisi Santosh Ja bilan muloqotida erishilgan kelishuvi orqali Hindistonning 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida 15 nafar yosh kinoijodkorlarimiz Hindistonda kino sohasida malaka oshiradigan bo‘ldi.

– Ushbu dastur o‘zbekistonlik nomzodlarni barcha o‘qitish xarajatlarini qoplaydi, – dedi Santosh Ja uchrashuv chog‘ida, – Bundan tashqari, individual dasturlarni tashkil qilish, 2-3 oylik kinematografiya kurslarini o‘tashga imkon beradi.

Firdavs Abduxoliqov Buxoro va Xivada amalga oshirilayotgan ikkita hind kinoloyihasi va Agentlikning yaqin kelajakda rejalashtirilayotgan Hindiston bilan bog‘liq loyihalari haqida gapirdi. Jumladan, rejissyor J. Qosimov suratga olayotgan «Ibrat» filmining ayrim epizodlari Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklanayotgan Toshkent kinofestivali haqida ham so‘z bordi. 1968-1992-yillar davomida, har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelingan Toshkent kinofestivalida hind kinosining Raj Kapur, Shiyam Benegal, Shabana Azmi singari so‘nmas yulduzlari ham ishtirok etishgan.

Uchrashuv davomida tomonlar 2020-yilda Hindistonda «O‘zbekiston kinosi kunlari» hamda yurtimizda «Hind kinosi kunlari»ni o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring