Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-iyuldan karantin talablari yana kuchaytiriladi

1-iyuldan karantin talablari yana kuchaytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab:

  • respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;
  • «qizil» va «sariq» hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish TAQIQLANADI;

Bunda:

  • faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi;
  • mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi;
  • «qizil» va «sariq» hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring