Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaga qarshi deyarli ikkinchi tarkib bilan o‘ynaymiz

Yaponiyaga qarshi deyarli ikkinchi tarkib bilan o‘ynaymiz

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Yaponiyaga qarshi o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi.

Argentinalik mutaxassis kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytganidek, yaponlarga qarshi bahsda yetakchi futbolchilarga dam bergan.

Tarkib esa quyidagicha ko‘rinish oldi: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Yegor Krimets, Islom To‘xtaxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Fozil Musayev, Javohir Sidiqov, Dostonbek Hamdamov, Ikrom Aliboyev, Eldor Shomurodov.

Al-Ayndagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring