Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo Kubogida birinchi yirik g‘alaba

Osiyo Kubogida birinchi yirik g‘alaba

Foto: «the-afc.com»

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi bahslari davom etmoqda. Kechagi bahslarda turnirning ikki favoriti o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Dastlab, «S» guruhida Janubiy Koreya terma jamoasi Filippinga qarshi bellashdi. Koreyaliklar ushbu musobaqaning birinchi turida qayd etilayotgan «an’ana»ni davom ettirib, unchalik nomdor bo‘lmagan jamoa ustidan qiyinchilik bilan g‘alaba qozonishdi.

Avvalroq, ushbu guruhning birinchi o‘yinida Xitoy qiyinchilik bilan Qirg‘izistonni mag‘lub etgandi.

«S» guruhi, 1-tur

Janubiy Koreya – Filippin 1:0

Gol: Ui-Jo (67)

Nihoyat, «D» guruhida ishtirok etayotgan Eron favoritlarga xos tarzda g‘alaba qozondi. Yaman termasiga qarshi bahsda eronliklar 5:0 hisobidagi yirik g‘alaba qozondi.

«D» guruhi, 1-tur

Eron – Yaman 5:0

Gollar: Torimiy (12, 25), Al-Suvadiy (23 avtogol), Azmun (53), Quddus (78)

Guruhning ikkinchi o‘yinida Iroq va Vetnam bugun, 8 yanvar kuni o‘zaro bahslashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring