Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron favoritlik maqomini isbotlamoqda

Eron favoritlik maqomini isbotlamoqda

Foto: «the-afc.com»

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan Osiyo Kubogi bahslarining «D» guruhida Eron — Vetnam uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turnirda favorit sanalgan jamoalar dastlabki bahslarida qiyinchilikka duch kelayotgan bir vaqtda, Karlush Keyrush shogirdlari ishonchli o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda.

Biroz avval yakuniga yetgan o‘yin ham eronliklar ustunligi ostida o‘tib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan yakunlandi. Jamoaning nomdor hujumchisi Sardor Azmun dubl qayd etdi.

Ushbu natijadan so‘ng, Eron termasi 6 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Eronliklar birinchi turda ham raqib darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritgandi. O‘z darvozasidan esa hali gol olib chiqqani yo‘q.

«D» guruhi, 2-tur
Eron – Vetnam 2:0
Gollar: Azmun (38, 69)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring