Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper Avstraliyaga qarshi hujumkor tarkibni tanladi

Ektor Kuper Avstraliyaga qarshi hujumkor tarkibni tanladi

Foto: «the-afc.com»

Birozdan keyin Ektor Kuper shogirdlari Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da, Al-Ayndagi «Xalifa bin Zayd» stadionida boshlanadi.

Terma jamoamizning ushbu bahsga tushadigan boshlang‘ich tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Caption

O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov — 6.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 13.Oleg Zoteyev — 19.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov, 22.Javohir Sidiqov — 11.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov,  14.Eldor Shomurodov.

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 21.O‘tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Doston Tursunov, 15.Yegor Krimets, 4.Farrux Sayfiyev, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musayev, 16.Aziz Turg‘unboyev, 8.Ikrom Aliboyev, 7.Sardor Rashidov, 10.Marat Bikmayev.

Aytish mumkinki, Ektor Kuper futbolchilarimizning guruh bahslaridagi harakatidan kelib chiqib, o‘yinga eng optiimal tarkibni tushirgan.

Eslatib o‘tamiz, bahsni qatarlik FIFA referisi Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. O‘yin «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring