Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Doston Hamdamov: «Muxlislarni yana xursand qilishga harakat qilamiz»

Doston Hamdamov: «Muxlislarni yana xursand qilishga harakat qilamiz»

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Doston Hamdamov Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ummonga qarshi o‘yinda g‘alaba uchun bor kuchimizni berib harakat qildik. O‘yin natijasidan qoniqish hosil qildik. Keyingi uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Ummonga qarshi o‘yinda ba’zi qiyinchiliklarga duch keldik. 

Raqibni avvaldan o‘rganib chiqqandik. Ular hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. Ammo biz baribir o‘z maqsadimizga yetdik. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman», — deydi Doston Hamdamov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring