Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

1-sentyabrdan kontraktlar oshadimi?

1-sentyabrdan kontraktlar oshadimi?

Foto: «Xabar.uz»

Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savolga javob bermoqchiman.

  • Prezident Farmoni bilan 1-avgustdan ish haqlari 10 foizga oshirildi. Qoidaga ko‘ra, agar respublikada ish haqlari oshsa, unda talabalarning to‘lov-kontrakt narxlari ham oshadi. Chunki kontraktlar eng kam oylik ish haqiga bog‘lab qo‘yilgan;
  • qonunchilikka binoan, ish haqlari oshganda kontraktlar miqdori o‘sha zahoti o‘zgarmaydi, balki keyingi semestrdan boshlab oshadi. Yangi semestr 1-sentyabrdan boshlanadi. Demak, umumiy qoidalar bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, 1-sentyabrdan boshlab talabalar uchun kontraktlar ham oshadi;
  • ammo Davlat qabul komissiyasi to‘lov-kontraktlar bo‘yicha yangi qaror qabul qilishi kutilmoqda. Sababi 1 sentyabrdan «eng kam ish haqi» degan tushuncha bekor bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, kontraktlar miqdorini boshqacharoq ko‘rinishda belgilash zaruriyati bor. Katta ehtimol bilan endi kontraktlar EKIHga emas, «bazaviy hisoblash» miqdoriga bog‘lab qo‘yilsa kerak;
  • Shuningdek, 17.06.2019-yildagi PQ-4359-sonli Prezident qaroriga asosan, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi berildi. Ammo yangi o‘quv yili boshlanishiga 1 hafta muddat qolishiga qaramay, buning tartibi ma’lum emas, ya’ni stipendiyasiz shaklda kontrakt to‘layotgan talaba qaysi qiymatdagi (3, 4 yoki 5lik) stipendiyani chegirib qolish huquqiga ega, o‘zi olayotgan qiymatda bo‘ladimi yoki hamma uchun umumiy bir xil miqdor belgilanadimi, bunisi hozircha rasman e’lon qilinmadi;
  • super-kontrakt narxlari ham hozircha noma’lum;
  • 1-sentyabrdan «bazaviy hisoblash» miqdori 223 ming so‘m bo‘ladi. Shunga ko‘ra, quyidagi jadvalda kontraktlarining 1 sentyabrdan kutilayotgan yangi miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid rasmiy xabarlar bo‘lishi bilan xabar berishga harakat qilaman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring