Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuzlangan karam kimlarga taqiqlanadi?

Tuzlangan karam kimlarga taqiqlanadi?

Foto: «Fermer.blog»

Uning tarkibida deyarli barcha vitaminlar bor. S vitamini va V guruhidagi darmondorilar (V1, V2, V5, V6, V9), shuningdek, kaliy, kalsiy, rux, selen, temir, yod, fosfor, natriy va hokazo. Bundan tashqari, karamdagi kletchatka va oziq tolasi hazm qilish jarayonlarini me’yorlashtirishga, qon tomirlarni mustahkamlashga hamda qonda qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

«AIF»da yozilishicha, achitilgan boshqa mahsulotlar kabi tuzlangan karam ham tanaga oziq moddalarning yaxshiroq so‘rilishiga va immun tizimi faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Biroq shuncha foydali xususiyatlariga qaramay, uning iste’moli hammaga ham tavsiya etilavermaydi.

Nyega gipertonik va shishga moyil kishilar ehtiyotkor bo‘lishi kerak?

Tuzlangan karam tuz almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklardan qiynalayotgan odamlarga, shuningdek, gipertoniklarga tavsiya etilmaydi. Chunki mahsulot tarkibidagi ko‘p miqdorli tuz arterial bosim ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Tuz suvni birlashtirib, tanada suyuqlikni ushlab qoladi. Bu esa shish kelib chiqishi va arterial bosim oshishiga omilkorlik qiladi.

Qaysi kasalliklarda taqiqlanadi?

Tuzlangan karam, shuningdek, me’da kislotasi yuqori bo‘lgan, gastriti zo‘raygan, oshqozon yarasi va oshqozonosti bezi kasalliklaridan qiynalayotgan kishilarga taqiqlanadi.

Uning tarkibidagi achitilgan mahsulotlar sut va sirka kislotasini hosil qiladi. Shu bois ichaklari zaif kishilar uni yemagani ma’qul. Chunki kletchatka va kislotalar aralashishi natijasida gaz hosil bo‘ladi. Bu esa meteorizm va qorin shishishini keltirib chiqaradi.

Emizikli ayollarga ham man etiladi

Go‘dakni emizish davrida tuzlangan karam iste’mol qilish taqiqlanadi: bu chaqaloqning qorni sanchib og‘rishiga sabab bo‘lishi mumkin. Go‘dak 4 — 6 oylikka to‘lganda emizikli ayol tuzlangan karamni turli taomlarga qo‘shib yesa bo‘ladi. Shunda ham birinchi bor yeganda bola tanasi tomonidan qanday qabul qilinganini nazoratga olish lozim. Toshma, qorin shishishi yoki boshqa noxush alomatlar yuzaga chiqsa, yaxshisi, emizikli davr tugagunga qadar tuzlangan karam yemay turgan ma’qul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring