Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfondan taralayotgan nurning teriga xavfi fosh etildi

Smartfondan taralayotgan nurning teriga xavfi fosh etildi

Foto: «Szaopressa.com»

«Skin and Cancer Foundation at the Biologic Psoriasis and Nail» saratonga qarshi kurashish markazi dermatologi Shyamalar Gunatisan smartfondan taralayotgan yorug‘lik odam terisiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi. Uning fikricha, gadjetlardan nazoratsiz foydalanilsa, nurlanish zarari quyoshnikidan qolishmaydi, deb yozadi «A Current Affair».

Ekspertning ta’kidlashicha, kuniga olti soat raqamli matox oldida ishlash yarim soat kiyimsiz va himoyalovchi kremsiz tush paytidagi oftobda yurish kabi teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

«Nurlanish qisqa, lekin kuchli bo‘lib, teri orqali tez singadi», — deb izohlaydi dermatolog.

Gap moviy nur haqida bormoqda. Odatda bunday nur telefon, noutbuk, planshet va diodli chiroqlardan taraladi. Gunatisanning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida oftobda qorayish kabi giperpigmentatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu teri qarishi va uning suvsizlanishiga olib keladi.

Olimning fikricha, noxush asoratlardan saqlanishning eng oson yo‘li — gadjetlardan foydalanish vaqtini cheklash. Negaki, bu nafaqat teriga, balki ko‘zga ham zarar. Shuningdek, u ekrandagi yorug‘lik darajasini kamaytirishni va qora ko‘zoynaklardan foydalanishni maslahat beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring