Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi

Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi

Foto: «Xabar.uz»

Qulog‘ingizga ajoyib musiqa chalinib qoldi, ichi-ichingizgacha titratib yuboryapti, butun vujudingiz quloqqa aylanib tinglayapsiz. Ammo qo‘shiq (yoki musiqa) nomini, muallifini bilmaysiz. Qani imkoni bo‘lsa-yu taronani ko‘chirib olib xumoridan chiqquncha eshitsangiz.

Albatta, internet, ijtimoiy tarmoqlar bor... Biroq bundan-da oqilona vositalar bor, ular ham vaqtdan yutish, ham bo‘lar-bo‘lmas savollar bilan birovlarning boshini qotirib yurish tashvishidan sizni xalos qiladi.

Demak, avvalo, tinglayotgan kuyingiz kimnikiligini aniqlash uchun sizga «Android» yoki «iOS» platformasida ishlovchi smartfon, internet va mobil ilova kerak. Hozir bunday ilovalar juda ko‘p, biz eng oddiy va samaralilariga to‘xtalamiz.

«Shazam»

Bu ro‘yxatdagi «birinchi raqamli» ilova — «Shazam». «iPhone»lar («App Store») va «Android»lar («Google Play») ga mutlaqo tekinga o‘rnatib olish mumkin. Ko‘chiramiz, o‘rnatamiz, mikrofondan foydalanishga ruxsat beramiz, aks holda ko‘ngildagidek ishlamaydi.

Taronani topish uchun ilovaning o‘rtasidagi katta tugma bosiladi va smartfon ovoz manbai — radio, televizor va hokazolarga yaqinlashtiriladi.

Ilova chet el qo‘shiqlarini xamirdan qil sug‘urgandek oson aniqlab beradi, deyari 100 foiz natija. Ammo o‘zimizning mashhur qo‘shiqchilar va taronalarni  topishi ham chakki emas. Masalan, «Bolalar», Ravshan Sobirov, Shohruxxon, Aziz Rajabiy...

Soniyalarda ichida nafaqat tarona nomi, balki uning ijrochisi, musiqiy albom, to‘plam, hatto u joylashtirilgan rasmiy saytga havola (bo‘lsa, albatta) taqdim etiladi.

«SoundHound»

Bu ilova ham mutlaqo bepul va «iOS» hamda «Android»larga mo‘ljallangan. Ishlash prinsipi deyarli bir xil: o‘rtasidagi katta tugma bosilsa taronani qidirishga tushadi.

Ilova chet el kompozitsiyalarini deyarli 100 foiz aniqlikda topib beradi. O‘zimizning xonandalarimizni topishi uchun ular nafaqat «yuqori proba»ga mansub, qolaversa, chet el internet resurslarida ham ancha-muncha ommalashgan bo‘lishlari lozim. Bu borada ustunlik to‘liq «Shazam» tomonida.

Biroq «SoundHound» bir o‘ziga xos jihati bor — qo‘shiqlarni xirgoyi qilsangiz ham imkon qadar topishga harakat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring