Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sarimsoq koronavirusdan asraydimi?

Sarimsoq koronavirusdan asraydimi?

Foto: «Zen.yandex.ru»

Virusli xastaliklar, jumladan, koronavirus bilan asosan immuniteti zaiflar kasallanadi. Chunki kuchsiz tana infeksiyaga qarshi kurasholmaydi. Agar immunitet mustahkam bo‘lsa, unga hech nima qo‘rqinchli emas. Sarimsoq tarkibida fitonsidlar bo‘lib, ular virusga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Bu mahsulot chindan ham koronavirus yuqishining oldini olishga yordam beradi. U tananing kurashuvchanligini oshiradi, deydi shifokorlar.

Otolaringologlar sarimsoqni me’yorda iste’mol qilish kerakligidan ogohlantiradi. Agar odam ikki bo‘lak sarimsoq yesa (ertalab va kechga bittadan), uning himoyasi yaxshilanadi. Bundan ortig‘i yaramaydi. Sarimsoq tarkibida kuchli birikmalar mavjud, ular oshqozon shilliq qavatini ta’sirlantirib, gastritga olib kelishi mumkin. Ba’zi odamlarga sarimsoq yeyish mutlaqo taqiqlanadi. Me’da kislotasi past, oshqozon yarasi, gastrit zo‘rayishidan qiynalayotgan odamlar shular jumlasidan.

Qaysi o‘simliklar immunitetni ko‘taradi?

Sarimsoq o‘rniga zanjabilni choy yoki salatga qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladi. Mutaxassislar fikricha, zanjabilda ham foydali birikmalar ko‘p, ular virusga qarshi samarali kurashadi. Ayrim hollarda sog‘ligi sarimsoq yeyishni ko‘tarmaydigan insonlarga ham zanjabil ildizi iste’moli mumkin.

Bundan tashqari, yalpiz va chakanda immunitetni mustahkamlaydi. Virusli infeksiyalar tarqalgan davrda odam o‘zini himoya qilishi uchun ko‘proq meva yeyishi va toza havoda sayr qilishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring