Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qovun yeyish kimlarga taqiqlanadi?

Qovun yeyish kimlarga taqiqlanadi?

Foto: «Pinterest»

G‘arq pishgan, sershira va xushbo‘y qovun — odamlarning sevimli mahsulotlaridan biri, avgust-sentyabr oylarida dasturxonning asosiy ne’matiga aylanadi. Biroq mutaxassislar qovunni saqlash va iste’mol qilishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishni uqtirishmoqda.

Birinchidan, ekspertlar mazali poliz ekinini obdon yuvishni maslahat berishadi. Negaki, aynan po‘stida va yuzasida toksinlar to‘planadi.

Qovunni och qoringa yoki ovqatdan keyin yeyish mumkin emas, chunki hazmi nihoyatda og‘ir mahsulot.

Shuningdek, qandli diabet, oshqozon yarasi kasalliklarining o‘tkir turidan qiynalayotgan, shuningdek, homilador va emizikli ayollarga qovun yeyish man etiladi. Boshqalarga ham ovqatlanishlar orasida tanovul qilishga ruxsat bor. Zinhor och qoringa yoki ovqatlangandan so‘ng yemang. Sababi, qovun «yengil» yegulik bo‘lib ko‘ringani bilan hazmi nihoyatda og‘ir mahsulot.

«Qovunni sovuq suv, sut-qatiq mahsulotlari, alkogol bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Chunki buning oqibatida oshqozon buzilishi hech gap emas, — deyishadi tibbiyot xodimlari.

Saqlashga keladigan bo‘lsak, kesilgandan so‘ng ortib qolgan qovunni xona haroratida saqlash noo‘rin. Hammasini yeb qo‘yishning iloji bo‘lmasa, sovitkichga joylash zarur. Bunday vaziyatda ko‘pi bilan 5 kungacha saqlashga ruxsat etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring