Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qachon qahva ichmagan ma’qul? Shifokor tavsiyasi

Qachon qahva ichmagan ma’qul? Shifokor tavsiyasi

Foto: «Shishonin.ru»

Rossiyalik shifokor Andrey Tyajelnikov shamollashlar mavsumida qahva ichmaslikni maslahat beradi, deb yozadi «Moskva» agentligi.

Haddan tashqari ko‘p qahva ichish organizm suvsizlanishiga olib kelishi, bu esa o‘z navbatida  immunitetni tushirishi va gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallanish xavfini oshirishi mumkin.

Kuz faslida quyuq choyni ham ichmagan ma’qul. Uning o‘rniga mors, giyohlar damlamasi va oddiy suv ichishni maslahat beradi shifokor.

Tyajelnikov, shuningdek, yangi siqilgan sharbatlar ichishni, sarxil meva-sabzavotlarni yeyishni tavsiya etadi. Shifokorning ta’kidlashicha, stress va uyquga to‘ymaslik ham organizmni zaiflashtiradi. Grippga qarshi eng yaxshi himoya vaksinatsiya deb hisoblaydi tibbiyot xodimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring