Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zini yakkalash» hayot tarzida oziq-ovqat mahsulotlari xaridi bo‘yicha tavsiyalar

«O‘zini yakkalash» hayot tarzida oziq-ovqat mahsulotlari xaridi bo‘yicha tavsiyalar

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta’minlash maqsadida 6 apreldan e’tiboran «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etilgan edi. «O‘zini yakkalash» hayot tarzi davomida oziq-ovqat mahsulotlarini qanday xarid qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

— Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddatga, ortig‘i bilan sotib olish shart emas, boisi savdo shahobchalarimiz yetarli darajada zaxiraga ega.

— Tez buziluvchan mahsulotlarni keyinroqqa qoldirib, asosan xona haroratida yaxshi saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan ma’qul. Asosiysi, mahsulotning yaroqlilik muddati, qadoqning nuqsonsizligi va tarkibini tekshirib olish muhim.

— Onlayn buyurtma qanday tarzda yetkazib berilganligini tekshirish zarur. Tez buziluvchan oziq-ovqatlar muzlatkich-xaltasi yoki termopaketda saqlangan bo‘lishi kerak. Agar bu qoidaga rioya qilinmagan bo‘lsa, buyurtmani ikkilanmay qaytaring.

— Do‘konga yo‘l olayotganda shaxsiy gigiyena qoidalarini unutmang! Agarda qo‘lingizda qo‘lqop bo‘lmasa, aravachalarni va savatchalarni spirtli sochiqlar bilan artish kerak. Onlayn xaridlarda esa mahsulotlarni ochishdan oldin qo‘lni albatta sovun bilan yuvish zarur.

— «O‘zini yakkalash» hayot tarzida ko‘proq meva-sabzavot, oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul. Bunday ovqatlanish immunitet oshishiga yordam beradi hamda ortiqcha vazndan saqlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring