Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Onkologiyadan ham qo‘rqinchliroq 5 ta kasallik

Onkologiyadan ham qo‘rqinchliroq 5 ta kasallik

Foto: «Yandeks»

Hozirgi kunda eng xavfli kasalliklardan biri onkologiya hisoblanadi. Qo‘rqinchli «saraton» tashxisi haqiqiy hukm kabi jaranglaydi. Afsuski, bu dardga duchor bo‘lganlar soni yildan-yilga ortmoqda.

Dispanserizatsiyadan o‘tayotganda davosiz dardni eshitishdan qo‘rqamiz, Internetda saraton alomatlarini izlaymiz va ularni o‘zimizdagi belgilar bilan taqqoslaymiz. Biroq shifokorlarning fikricha, xavfli o‘smalar biz o‘ylaganchalik dahshatli emas. Statistikaga ko‘ra, qariyb 90 foiz holatlarda vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yilsa, onkologiyani davolash mumkin.

«Rambler» qaysi kasalliklarni shifokorlar chinakamiga halokatli hisoblashini ma’lum qildi. Ular bemorning tirik qolishiga umuman imkon qoldirmaydi va azobli o‘limga olib keladi.

  1. Kreytsfeldt-Yakob xastaligi

Mazkur dard sigir quturishi deb ham ataladi. Kasallik avvalida bosh va orqa miya juda tez ishdan chiqa boshlaydi. Miya qobig‘i, keyin esa miyaning o‘zi gubka konsistensiyasiga o‘xshab qoladi. Bemor ko‘rish, eshitish va harakat qilish imkoniyatidan juda tez mahrum bo‘ladi. Shifokorlar kasallikka prion oqsili sabab bo‘lishini aytishmoqda.

  1. Halokatli uyqusizlik

Prion oqsili nasldan-naslga o‘tuvchi halokatli uyqusizlik kabi noyob dardni chaqirishi mumkin. Nomidan ham ma’lum, kasallik halokatli, ya’ni o‘limga olib keladi. Oqsil inson balog‘atga yetganda faol ko‘paya boshlaydi. Ayniqsa, ular bosh miya mitti qismi, talamusni shikastlaydi. U harorat, barqaror qon bosimi, puls chastotasi va kerakli gormonlar konsentratsiyasini tartibga solishga javob beradi. Talamus ishga yaroqsiz bo‘lib qolganda odam terlay boshlaydi, oshqozon-ichak yo‘li faoliyati izdan chiqadi.

Ko‘z qorachig‘i zig‘irday kichrayib ketadi, eng muhimi — bemor uxlash qobiliyatidan ayriladi. Tana uyqusiz bir necha o‘n baravar tezroq holdan toyadi. Shunday vaziyatlar bo‘lganki, halokatli uyqusizlik bilan og‘rigan bemor tashxis qo‘yilgandan bir yil o‘tar-o‘tmas vafot etgan. Hozircha ushbu noyob kasallikdan qiynalayotgan 40 ta oila ma’lum.

  1. Bedavo quturish

Daydi itlarni bemalol silash mumkin deb o‘ylasangiz, adashasiz. Emlanmagan daydi va yovvoyi hayvonlar tashiydigan quturishning hozirgi kunga qadar davosi topilmagan. Kasallik tishlagan joydagi og‘riq bilan boshlanadi. Odam sekin-asta uyqusini yo‘qotadi, tushunarsiz g‘am-g‘ussaga beriladi va hammadan yashirinishga urinadi. Bir-ikki kundan so‘ng keyingi bosqich — asabiylik boshlanadi.

Bemor xayolini qo‘rquv, xavotir, o‘lim haqidagi fikrlar qamrab oladi. Bemorning rosa suv ichgisi keladi, lekin tana suyuqlikni qabul qilmaydi.

Yutinish mushagi o‘z-o‘zidan qisila boshlaydi. 4 — 6-kunlari nafas mushaklari falajlanadi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bemorlarning 90 foiziga o‘lim xavf soladi. Sog‘ayishga ozgina imkon bor. Buning uchun tishlagan zahoti shifokorga murojaat etish kerak.

  1. Marburg gemorragik bezgagi

Mazkur xastalik unchalik keng tarqalmagan, biroq Osiyoning ko‘pgina joylarida butun bir epidemiyalar qayd etiladi. Ma’lumki, odam «yashil martishka kasalligi»ni (bezgakning yana bir nomi) ko‘rshapalaklardan yuqtirib oladi. Odamdan odamga havo orqali o‘tadi.

Kasallikni yuqtirgandan so‘ng 5-kuniyoq bemorning burni va milklari qonaydi.

Qayt qilganda va hojatga chiqqanda qonsimon ajralma kelishi mumkin. Shifokorlarning aytishicha, kasallikdan qutulishning deyarli imkoni yo‘q. Bemor 8-9 kunda qon yo‘qotish, shok holati, o‘pka va miya shishidan hayotdan ko‘z yumadi.

  1. Rivojlanuvchi fibrodisplaziya

Uni «ikkinchi skelet kasalligi» deb ham atashadi. Ushbu noyob xastalikda pay va mushaklar sekin-asta suyakka aylanadi. Kasallik yoshlikda boshlanib, juda tez rivojlanadi va nogironlik hamda bevaqt o‘limga sabab bo‘ladi. Shifokorlar ushbu kasallikdan 5 asr muqaddam xabardor bo‘lganiga qaramay, hali-hanuz samarali muolaja topilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring